Uch harfli konveyer

Masala #2891 · murakkablik 90% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Konveyerdan 3n ta detal ketma-ket chiqadi: n tasi A turida, n tasi B turida, n tasi C turida. Ularni n ta qutiga uchtadan taqsimlash kerak. Har quti ichidagi detallar konveyerdan chiqish tartibida ABC, BCA yoki CAB bo'lishi shart.

Berilgan ketma-ketlik uchun bu mumkinmi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda testlar soni t. Har test: n va uzunligi 3n bo'lgan satr. 1 ≤ t ≤ 1000, 1 ≤ n, Σn ≤ 100000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har test uchun YES yoki NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.