Kitob javoni
Masala #2905 · murakkablik 82% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Javonda 1 dan n gacha raqamlangan n ta kitob aralash turibdi. Kutubxonachi bir amalda bitta kitobni olib, boshqa joyga suqadi: uni o'ngga, istalgan masofaga ko'chirish A so'm, chapga, istalgan masofaga ko'chirish B so'm turadi. Oradagi kitoblar shunchaki bir qadam suriladi.
Kitoblarni o'sish tartibiga keltirishning eng kichik narxini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, A, B; ikkinchisida o'rin almashtirish. 1 ≤ n ≤ 3000, 1 ≤ A, B ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Eng kichik narx.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.