Saralash mashinasi
Masala #2900 · murakkablik 95% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Lentada 0 va 1 lardan iborat n ta belgi bor. Mashina istalgan uzluksiz bo'lakni saralay oladi: bo'lakdagi barcha 0 lar oldinga, barcha 1 lar orqaga o'tadi. Agar bo'lakda x ta 0 va y ta 1 bo'lsa, amal narxi |x − y| + 1 ga teng.
Butun lentani saralangan holatga keltirishning eng kichik umumiy narxini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchisida lenta. 1 ≤ n ≤ 200000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Eng kichik narx (saralangan bo'lsa, 0).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.