Tartibli davra
Masala #2903 · murakkablik 93% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Aylana stol atrofida n ta o'rin va n ta mehmon bor, mehmonlar 1 dan n gacha raqamlangan. Soat yo'nalishida i-o'rinda pi-mehmon o'tiribdi.
Bitta amal: yonma-yon o'tirgan ikki mehmon o'rin almashadi (n-o'rin va 1-o'rin ham yonma-yon). Oxirida mehmonlar soat yo'nalishida 1, 2, …, n tartibida o'tirishi kerak; 1-mehmon qaysi o'rinda bo'lishi farqsiz.
Eng kam amallar sonini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda p1, …, pn - almashtirish.
Cheklov: 1 ≤ n ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Eng kam amallar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.