Shubhali natijalar jadvali
Masala #2868 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n ta jamoa bir davrali turnir o'ynaydi: har juftlik bir marta uchrashadi, durang yo'q. Jadvalda i-jamoaning g'alabalari soni si yozilgan, lekin hakamlar adashgan bo'lishi mumkin. Jadval yig'indisi doim n(n − 1)/2 ga teng.
Bitta tuzatish: bir jamoaning yozuvidan 1 ni olib, boshqa jamoanikiga 1 qo'shish (oraliq jadval qanday bo'lishi muhim emas). Jadval to'g'ri, agar shunday turnir mavjud bo'lsa va unda har jamoaning g'alabalari aynan yozilganicha bo'lsa.
Jadvalga q marta o'zgartirish kiritiladi: x dan 1 olinib, y ga 1 qo'shiladi. Boshlang'ich jadval va har o'zgartirishdan keyingi jadval uchun: uni to'g'ri qilishga eng kamida nechta tuzatish kerak? Tuzatishlar haqiqatda bajarilmaydi, faqat sanaladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, q. Keyingi qatorda s1, …, sn. Keyingi q qatorda x, y (x ≠ y).
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105 (n = 1 da q = 0); hamma vaqt 0 ≤ si ≤ 2n.
Chiquvchi ma'lumotlar
q + 1 ta qator: har jadval uchun eng kam tuzatishlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.