Uch chiroq qoidasi
Masala #2898 · murakkablik 92% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bir qatorda n ta chiroq turibdi, har biri yoniq (1) yoki o'chiq (0). Qoida: hech qachon ketma-ket uchta chiroq bir xil holatda bo'lmasligi kerak. Bir qadamda bitta chiroq holati almashtiriladi, almashtirishdan keyin ham qoida buzilmasligi shart.
Boshlang'ich holat s va kerakli holat t berilgan, ikkalasi ham qoidani bajaradi. Eng kam qadamlar sonini toping. Bu doim mumkinligi kafolatlanadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, keyin s va t. 1 ≤ n ≤ 3000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Eng kam qadamlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.