Besh chiroq

Masala #2863 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Maydonda n ta chiroq ustuni turibdi, hech qaysi uchtasi bir to'g'ri chiziqda emas. Bayram uchun beshta ustun tanlab, ularni ip bilan aylantirib chiqmoqchi; ip qavariq beshburchak hosil qilishi kerak, ya'ni tanlangan beshta nuqtaning hammasi shu beshlikning qavariq qobig'i uchlari bo'lsin.

Nechta shunday beshlik bor?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda butun koordinatalar x, y. 5 ≤ n ≤ 200, |x|, |y| ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Beshliklar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.