Ifoda: unar minus

Masala #2139 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Butun sonlar, «+», «-», «*», qavslar va unar minus («-») dan iborat ifoda berilgan. Ifoda probelsiz va har doim to'g'ri yozilgan. Unar minus son oldiga, qavs oldiga yoki boshqa unar minus oldiga kelishi mumkin: -5, -(3+4), --2.

Ustuvorlik odatiy: avval «*», keyin «+» va «−» (chapdan o'ngga); unar minus ko'paytuvchi darajasida ishlaydi: -2*3 = -6 va 2*-3 = -6. Barcha oraliq natijalar |x| ≤ 1018 ekani kafolatlanadi. Ifodaning qiymatini chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ifoda - probelsiz satr, uzunligi L (1 ≤ L ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ifodaning qiymati.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.