Suffiks massivi
Masala #2469 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Uzunligi n bo'lgan s satri berilgan. Uning n ta suffiksini (i-o'rindan oxirigacha bo'lgan qismlarini, 0 ≤ i < n) leksikografik (alifbo) tartibda saralang va boshlanish indekslarini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda s - kichik lotin harflari (1 ≤ n ≤ 105).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son - saralangan suffikslarning boshlanish indekslari (0 dan).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.