Bo'lak necha marta uchraydi?

Masala #2474 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

s satri va q ta so'rov berilgan. Har so'rovdagi t satri s da bo'lak sifatida necha marta uchrashini toping (uchrashlar ustma-ust tushishi mumkin; t uzunroq bo'lsa - 0).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda s, ikkinchisida q, keyingi q qatorda so'rov satrlari - hammasi kichik lotin harflari (1 ≤ |s| ≤ 105, 1 ≤ q, so'rovlar uzunliklari yig'indisi ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.