Ikki diagonal

Masala #1074 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n × n kvadrat jadval berilgan. Bosh diagonal (chap yuqoridan o'ng pastga) va yon diagonal (o'ng yuqoridan chap pastga) yig'indilarini toping.

Ikkala son bitta qatorda chiqsin. Markaziy element toq n da ikkala diagonalga kiradi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 100). Keyin n qatorda n tadan butun son (−1000 ≤ son ≤ 1000).

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son: bosh va yon diagonal yig'indisi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.