Tub sonlar soni

Masala #181 · murakkablik 15% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

1 dan katta natural son faqat 1 ga va o'ziga bo'linsa, u tub son deyiladi. Dastlabki tub sonlar: 2, 3, 5, 7, 11, 13, …

Matematika o'qituvchisi sinf devoriga tub sonlar jadvalini osmoqchi. Jadvalga nechta katak kerakligini bilish uchun u avval N dan oshmaydigan tub sonlar nechta ekanini aniqlashi lozim.

N soni berilgan. N dan oshmaydigan tub sonlar sonini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 2 ≤ N ≤ 104

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — tub sonlar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.