Raqamli ildiz
Masala #183 · murakkablik 19% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Numerologiya ishqibozlari har bir songa bitta raqam mos qo'yadi. Buning uchun sonning raqamlari qo'shiladi; natija bir xonali bo'lmasa, uning raqamlari yana qo'shiladi — va shu tarzda bir xonali son qolguncha davom etiladi. Hosil bo'lgan raqam sonning raqamli ildizi deyiladi.
Masalan, 9875 uchun: 9 + 8 + 7 + 5 = 29, so'ng 2 + 9 = 11, so'ng 1 + 1 = 2. Demak, 9875 ning raqamli ildizi 2 ga teng.
N soni berilgan. Uning raqamli ildizini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son N.
Chegaralar: 0 ≤ N ≤ 1018
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta raqam — N ning raqamli ildizini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.