Oraliq AND

Masala #431 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki nomanfiy butun sonning AND amali (&) ularning ikkilik yozuvlari bo'yicha xonama-xona bajariladi: natijaning biror biti 1 ga teng bo'ladi, faqat shu xonada ikkala sonning ham biti 1 ga teng bo'lsa. Masalan, 12 & 10 = 8, chunki 1100 & 1010 = 1000.

Tarmoq administratori ketma-ket raqamlangan bir guruh qurilmalarga umumiy niqob tayinlamoqchi. Niqob — guruhdagi barcha qurilma raqamlarida bir vaqtda 1 ga teng bo'lgan bitlardan tuzilgan son, ya'ni guruhdagi barcha raqamlarning AND natijasi.

Guruhdagi birinchi qurilmaning raqami L va oxirgisining raqami R berilgan. L & (L + 1) & … & R qiymatini aniqlang.

Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son L va R.

Chegaralar: 0 ≤ L ≤ R ≤ 1018

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — umumiy niqobni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.