Eng ko'p uchragan so'z

Masala #267 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Gazeta tahririyati maqolalarga kalit so'z tanlaydi. Qoida oddiy: maqola matnida eng ko'p marta uchragan so'z kalit so'z bo'ladi.

Ba'zan bir nechta so'z bir xil — eng ko'p — marta uchraydi. Bunday holda ular orasidan lug'at (leksikografik) tartibida eng birinchi turadigani tanlanadi.

Maqoladagi so'zlar berilgan. Kalit so'zni va u matnda necha marta uchraganini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N — so'zlar soni. Ikkinchi qatorda bitta probel bilan ajratilgan N ta so'z.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 20 000; har bir so'z kichik lotin harflari va raqamlardan iborat, uzunligi 1 dan 10 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda kalit so'zni va uning matnda necha marta uchraganini probel bilan ajratib chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.