Yashirin son
Masala #260 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala. Dasturingiz tayyor ma'lumotni o'qimaydi, balki hakamlar dasturi bilan navbatma-navbat «suhbatlashadi».
Hakamlar dasturi 1 dan N gacha bo'lgan butun sonni o'ylagan. Dasturingiz uni topishi kerak. Buning uchun u savol bera oladi: istalgan y sonini aytadi va o'ylangan son y dan kichikmi, kattami yoki tengmi — shuni bilib oladi.
Ko'pi bilan 100 ta savol berish mumkin.
Har bir chiqarilgan qatordan keyin chiqish buferini tozalang (flush): C++ da cout << endl yoki fflush(stdout), Python'da print(..., flush=True), Java'da System.out.flush(). Aks holda dasturingiz javobni kutib, vaqt chegarasidan oshib ketadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Avval dasturingiz bitta butun son N ni o'qiydi.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 100
Har bir savoldan keyin u bitta belgini o'qiydi: o'ylangan son y dan kichik bo'lsa <, katta bo'lsa >, teng bo'lsa =.
Chiquvchi ma'lumotlar
Savol berish uchun ? y (1 ≤ y ≤ N) ko'rinishidagi qator chiqaring. O'ylangan sonni aniqlagach, ! x ko'rinishidagi qator chiqaring va dasturni tugating; bu qator savol hisoblanmaydi.
tekshiruvchi: 5 # N = 5; o'ylangan son - 3 dastur: ? 1 tekshiruvchi: > # o'ylangan son 1 dan katta dastur: ? 4 tekshiruvchi: < # o'ylangan son 4 dan kichik dastur: ? 3 tekshiruvchi: = dastur: ! 3 # javob - savol hisoblanmaydi
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.