Raqamlar Yig'indisi
Masala #33 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Arxeologlar qadimiy piramida devoridan hisob-kitob yozuvlarini topishdi. Yozuvlarni o'rganib, ular qiziq odatni payqashdi: qadimgi hisobchilar xatoni oson topish uchun har bir sonning yoniga uning raqamlari yig'indisini ham yozib qo'yishgan. Masalan, 2024 sonining yonida 8 turadi.
Devorning bir qismi nurab ketgan: sonlarning o'zi saqlangan, yonidagi yozuvlar esa o'chib ketgan. Arxeologlar ularni qayta tiklamoqchi.
To'rt xonali son berilgan. Uning yoniga qanday son yozilgan bo'lganini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta to'rt xonali butun son N.
Chegaralar: 1000 ≤ N ≤ 9999
Chiquvchi ma'lumotlar
N yoniga yoziladigan sonni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.