Ikkining darajasi

Masala #228 · murakkablik 33% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kompyuter texnikasida ikkining darajalari alohida o'rin tutadi: xotira modullari, disk bloklari va jadval o'lchamlari odatda 1, 2, 4, 8, 16, … ko'rinishidagi sonlar bilan ifodalanadi. Natural son ikkining darajasi deyiladi, agar uni 2k ko'rinishida yozish mumkin bo'lsa; bu yerda k — nomanfiy butun son. Xususan, 1 = 20 ham ikkining darajasi.

Omborga kelgan xotira modullarining hajmi yorliqqa yozilgan. Nazoratchi hajmi ikkining darajasi bo'lmagan modullarni soxta deb hisoblab, qaytarib yuboradi.

Modulning hajmi N berilgan. U ikkining darajasi ekanini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 1018

Chiquvchi ma'lumotlar

N ikkining darajasi bo'lsa YES, aks holda NO deb chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.