RLE ochish

Masala #213 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Siqilgan satr «belgi va son» juftliklaridan iborat: har bir juftlik shu belgi necha marta ketma-ket yozilishini bildiradi. Masalan, a3b2c1 ochilganda aaabbc hosil bo'ladi.

Siqilgan satr berilgan. Uni dastlabki ko'rinishiga qaytaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda siqilgan satr: kichik lotin harfi va undan keyin bitta raqam ko'rinishidagi juftliklar ketma-ketligi.

Chegaralar: juftliklar soni 1 dan 5000 gacha; har bir raqam 1 dan 9 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Ochilgan satrni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.