Maktab Bitiruvchilari Reytingi
Masala #144 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shahar ta'lim boshqarmasi har yili bitiruvchilar reytingini e'lon qiladi. Ro'yxatda har bir bitiruvchining ismi va yakuniy imtihondan to'plagan bali yozilgan.
Reyting shunday tuziladi: bali yuqoriroq bitiruvchi oldinroq turadi; ballar teng bo'lsa, ismi leksikografik tartibda kichik bo'lgan bitiruvchi oldinroq turadi. Ismlar belgilarning kodlari bo'yicha, ya'ni dasturlash tillaridagi odatiy satr solishtirish qoidasi bilan taqqoslanadi.
Bitiruvchilar ro'yxati berilgan. Reytingni tuzing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — bitiruvchilar soni. Keyingi N ta qatorning har birida probel bilan ajratilgan ism va ball.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 104; ball — 0 dan 100 gacha butun son; ism lotin harflari va raqamlardan iborat, uzunligi 1 dan 20 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
N ta qator chiqaring: reyting tartibida har bir bitiruvchining ismi va bali, probel bilan ajratilgan holda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.