Yashirin Xat
Masala #14 · murakkablik 3% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Maxfiy arxivdagi xatlar harflar bilan emas, sonlar bilan yozilgan: har bir belgi o'rnida uning kompyuter xotirasidagi kodi turadi. Masalan, A harfi o'rnida 65, a harfi o'rnida 97, 0 raqam belgisi o'rnida 48 yozilgan.
Detektiv Anvar xatni o'qish uchun har bir sonni jadvaldan qo'lda qidirishga majbur — bu juda sekin ish.
Bitta kod berilgan. Unga mos keladigan belgini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son K — belgining kodi.
Chegaralar: 33 ≤ K ≤ 126
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta belgini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.