Fabrikada Buyurtma Bajarish

Masala #141 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Fabrikada N nafar ishchi ishlaydi. Ishchilarning tezligi turlicha: i-ishchi bitta mahsulotni roppa-rosa ti daqiqada tayyorlaydi. Barcha ishchilar ishni bir vaqtda boshlaydi va bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda to'xtovsiz ishlaydi.

Fabrikaga M ta mahsulotga buyurtma keldi. Faqat to'liq tayyor bo'lgan mahsulotlar hisobga olinadi.

Ishchilarning tezliklari va M berilgan. Buyurtma eng kamida necha daqiqada bajarilishini aniqlang.

Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son N va M. Ikkinchi qatorda N ta butun son t1, …, tN.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105; 1 ≤ M ≤ 109; 1 ≤ ti ≤ 109

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — kamida M ta mahsulot tayyor bo'ladigan eng kichik vaqtni (daqiqalarda) chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.