Arqonlarni Kesish

Masala #133 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Alpinizm klubining omborida N ta arqon bor, ularning uzunliklari turlicha. Navbatdagi ekspeditsiya uchun K ta bir xil uzunlikdagi arqon bo'lagi kerak.

Har bir arqonni istalgancha bo'lakka kesish mumkin, ammo bo'laklarni bir-biriga ulab bo'lmaydi; kesishdan ortgan qoldiqlar tashlab yuboriladi. Bo'lak uzunligi butun son bo'lishi shart. Klub a'zolari bo'laklar iloji boricha uzun bo'lishini istaydi.

Arqonlarning uzunliklari va K soni berilgan. Kamida K ta bo'lak hosil qilish mumkin bo'lgan eng katta bo'lak uzunligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son N va K. Ikkinchi qatorda N ta butun son — arqonlarning uzunliklari.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 104; 1 ≤ K ≤ 109; har bir uzunlik 1 dan 109 gacha. Uzunliklar yig'indisi K dan kam emas, ya'ni javob kamida 1.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — bo'lakning eng katta uzunligini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.