Vaznli intervallar (maksimal foyda)
Masala #342 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Frеlanser N ta ish taklifini oldi; i-ish [Li, Ri] vaqt oralig'ida bajariladi va vi foyda beradi. Bir vaqtda faqat bitta ish bajariladi.
Bir-biri bilan kesishmaydigan ishlardan iborat to'plamni tanlab, umumiy foydani maksimallang. Shu maksimal foydani toping.
Aniqlashtirish: ish R da tugasa, o'sha lahzada boshlanadigan ish kesishmaydi. Sodda ochko'z (eng erta tugaydiganini tanlash) bu yerda noto'g'ri — foydalar har xil.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N. Keyingi N qatorda Li Ri vi (0 ≤ L < R ≤ 109, 1 ≤ v ≤ 106).
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — maksimal foyda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.