Maydon Chegarasi

Masala #132 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Fermer Karim o'z yerida kvadrat shaklidagi paykal ajratmoqchi. Paykal uchun ko'pi bilan N kvadrat metr yer ishlatish mumkin, o'lchash asbobi esa faqat butun metrlarni ko'rsatadi — shuning uchun kvadratning tomoni butun son bo'lishi kerak.

Karim paykalni iloji boricha katta qilmoqchi.

N soni berilgan. Yuzasi N dan oshmaydigan kvadratning eng katta butun tomonini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 0 ≤ N ≤ 1018

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — kvadrat tomonining eng katta uzunligini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.