Katta daraja

Masala #422 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shifrlash tizimi kalitni quyidagicha hosil qiladi: A soni N-darajaga ko'tariladi va natijaning M ga bo'lgandagi qoldig'i olinadi. Daraja ko'rsatkichi juda katta bo'lishi mumkin, shuning uchun A ni birma-bir N marta ko'paytirib chiqishga koinotning umri ham yetmaydi.

Uchta son berilgan. Kalitni hisoblang. Bu masalada 00 = 1 deb olinadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son A, N, M.

Chegaralar: 0 ≤ A ≤ 109, 0 ≤ N ≤ 1018, 1 ≤ M ≤ 109

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — AN ni M ga bo'lgandagi qoldiqni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.