Buyurtmalar Navbati
Masala #145 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Mebel ustaxonasiga kun davomida N ta buyurtma kelib tushdi. Buyurtmalar kelish tartibida 1 dan N gacha raqamlangan, har biriga muhimlik darajasi — butun son berilgan.
Usta buyurtmalarni muhimlik darajasi kichigidan kattasiga qarab bajaradi. Darajasi teng buyurtmalar orasida esa adolat saqlanadi: oldin kelgani oldin bajariladi.
Buyurtmalarning muhimlik darajalari kelish tartibida berilgan. Ular qanday tartibda bajarilishini aniqlang.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N. Ikkinchi qatorda N ta butun son — buyurtmalarning muhimlik darajalari, kelish tartibida.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105; har bir daraja 1 dan 109 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda N ta son — buyurtmalarning raqamlarini bajarilish tartibida, probel bilan ajratib chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.