Transponirlash

Masala #113 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

O'qituvchi baholar jadvalini «o'quvchilar — qatorlarda, fanlar — ustunlarda» ko'rinishida tuzgan. Direktor esa hisobotni aksincha so'radi: fanlar qatorlarda, o'quvchilar ustunlarda. Bunda jadvalning birinchi qatori birinchi ustunga, ikkinchi qatori ikkinchi ustunga aylanadi va hokazo.

N qator va M ustunli jadval berilgan. Uni shu tarzda ag'darib, M qator va N ustunli jadval hosil qiling.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.

Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100

Chiquvchi ma'lumotlar

M ta qator chiqaring, har birida N ta son — ag'darilgan jadval.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.