Sport Musobaqasida Natijalar
Masala #124 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Marafonda N nafar yuguruvchi qatnashdi. Hakamlar har birining natijasini marraga kelgan tartibda emas, ishtirokchi raqamlari tartibida yozib olishgan. Yakuniy bayonnomada esa natijalar eng kichigidan eng kattasiga qarab joylashishi kerak.
Natijalar ro'yxati berilgan. Uni kamaymaydigan tartibga keltiring.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N. Ikkinchi qatorda N ta butun son — natijalar.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 106; har bir son moduli 109 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda N ta sonni kamaymaydigan tartibda, probel bilan ajratib chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.