Chiroqlar qatori
Masala #418 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bayram bezagi uchun N ta chiroq bir qatorga osilgan. Bezakchi ulardan roppa-rosa K tasini yoqmoqchi va qaysi ko'rinish chiroyliroq ekanini bilish uchun barcha variantlarni birma-bir ko'rib chiqmoqchi.
Har bir variant N ta belgidan iborat satr bilan yoziladi: yoniq chiroq — 1, o'chiq chiroq — 0.
Roppa-rosa K ta chiroq yonib turgan barcha variantlarni ro'yxat qiling.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son N va K.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 16, 0 ≤ K ≤ N
Chiquvchi ma'lumotlar
Barcha variantlarni har birini alohida qatorda, leksikografik o'sish tartibida chiqaring (0 belgisi 1 dan oldin keladi).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.