Ranglar Aralashmasi
Masala #46 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Rassomning palitrasida uch xil asosiy bo'yoq bor: qizil (R), ko'k (B) va sariq (Y). Ikki xil bo'yoq aralashtirilsa, yangi rang hosil bo'ladi:
- qizil va ko'k — binafsha (
PURPLE); - qizil va sariq — to'q sariq (
ORANGE); - ko'k va sariq — yashil (
GREEN).
Bo'yoqlarning qaysi biri oldin quyilgani natijaga ta'sir qilmaydi.
Rassom aralashtirgan ikki xil bo'yoq berilgan. Qanday rang hosil bo'lishini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda probel bilan ajratilgan ikkita belgi — aralashtiriladigan ikki xil bo'yoq.
Chiquvchi ma'lumotlar
Hosil bo'lgan rang nomini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.