Qavslar ketma-ketligi
Masala #421 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
To'g'ri qavslar ketma-ketligi deb shunday satrga aytiladiki, unda har bir ochuvchi qavsga undan keyin keladigan o'z yopuvchi qavsi mos keladi: (())() — to'g'ri, ())( — noto'g'ri. Ketma-ketlikning chuqurligi — bir vaqtda ochiq turgan qavslarning eng ko'p soni: (())() ning chuqurligi 2 ga teng.
Matn muharriri dasturchiga qavslarni avtomatik to'ldirish variantlarini taklif qiladi. Roppa-rosa N juft qavsdan iborat va chuqurligi D dan oshmaydigan barcha to'g'ri ketma-ketliklarni ro'yxat qiling.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son N va D.
Chegaralar: 1 ≤ D ≤ N ≤ 10
Chiquvchi ma'lumotlar
Barcha ketma-ketliklarni har birini alohida qatorda, leksikografik o'sish tartibida chiqaring (( belgisi ) dan oldin keladi).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.