Panjara: devordan o'tish narxi

Masala #409 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

n × m panjara berilgan: . — bo'sh katak, # — devor, S — boshlanish, E — chiqish.

Bo'sh katakka o'tish bepul, devordan o'tish 1 birlik turadi. S dan E gacha bo'lgan eng kam umumiy narxni toping.

Aniqlashtirish: to'rt yo'nalishda yurish mumkin. S va E kataklari bo'sh hisoblanadi.

Misol: kirish 2 2 ⏎ S# ⏎ #E bo'lganda natija 1 bo'ladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (2 ≤ n, m ≤ 200). Keyingi n qatorda m ta belgi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — eng kam narx.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.