Spiral o'qish
Masala #192 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qo'riqchi to'g'ri to'rtburchak hovlini aylanib chiqadi. U chap yuqori burchakdan boshlab devor bo'ylab soat mili yo'nalishida yuradi; to'liq aylanib bo'lgach, bir qadam ichkariga kirib, yana shu yo'nalishda aylanadi — toki hovlining har bir katagiga bir martadan qadam qo'ymaguncha.
Hovli jadval ko'rinishida berilgan. Qo'riqchi kataklardan o'tgan tartibda ulardagi sonlarni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.
Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100
Chiquvchi ma'lumotlar
Barcha N·M ta sonni qo'riqchi yurgan tartibda, bitta qatorda probel bilan ajratib chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.