Qahva Apparati

Masala #27 · murakkablik 5% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Universitet yo'lagidagi qahva apparati eskirib qolgan: u faqat bir xil qiymatdagi tangalarni qabul qiladi va qaytim bermaydi. Tashlangan tangalar summasi qahva narxiga yetishi yoki undan oshishi bilan apparat qahva tayyorlab beradi.

Talaba ortiqcha pul sarflamaslik uchun apparatga iloji boricha kam tanga tashlamoqchi.

Qahvaning narxi va bitta tanganing qiymati berilgan. Qahva olish uchun eng kamida nechta tanga tashlash kerakligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son N va M — qahva narxi va bitta tanganing qiymati (so'mda).

Chegaralar: 1 ≤ M ≤ N ≤ 106

Chiquvchi ma'lumotlar

Qahva olish uchun kamida nechta tanga tashlash kerakligini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.