Shifrlash Kaliti
Masala #16 · murakkablik 4% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qadimgi Rimda maxfiy xatlar oddiy usulda shifrlangan: har bir harf o'rniga alifboda undan bir necha qadam keyin turgan harf yozilgan. Masalan, qadam 3 ga teng bo'lsa, A o'rniga D, B o'rniga E yoziladi. Bosh harf bosh harfligicha, kichik harf kichikligicha qoladi.
Bitta harf va qadam berilgan. Shifrlangan harfni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda lotin harfi K va butun son P — qadam.
Chegaralar: 1 ≤ P ≤ 25. Shifrlangan harf alifbodan tashqariga chiqib ketmasligi kafolatlanadi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta harfni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.