Satrni siqish

Masala #210 · murakkablik 23% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Faks apparati tasvirni uzatishda oddiy siqish usulidan foydalanadi: ketma-ket kelgan bir xil belgilar guruhi bitta belgi va uning takrorlanish soni bilan yoziladi. Masalan, aaabbc satri a3b2c1 ga aylanadi. Yakka turgan belgidan keyin ham 1 soni yoziladi.

Satr berilgan. Uni shu usulda siqing.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda satr S — faqat kichik lotin harflaridan iborat.

Chegaralar: 1 ≤ |S| ≤ 105

Chiquvchi ma'lumotlar

Siqilgan satrni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.