Jadvaldagi K-son

Masala #223 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Ombor javonlari N qator va M ustundan iborat jadval shaklida joylashgan; har bir katakda turgan qutining og'irligi ma'lum. Omborchi qutilarni tartib bilan tergan: har bir qatorda og'irliklar chapdan o'ngga kamaymaydi, har bir ustunda esa yuqoridan pastga kamaymaydi.

Nazoratchi barcha N · M ta qutini og'irligi kamaymaydigan tartibda bir qatorga tizib chiqqanda K-o'rinda turadigan qutining og'irligini bilmoqchi. Og'irligi teng qutilar alohida-alohida o'rin egallaydi.

Jadval va K berilgan. K-o'rindagi og'irlikni aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda uchta butun son N, M va K. Keyingi N ta qatorning har birida M ta butun son — jadval.

Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 500; 1 ≤ K ≤ N · M; jadvaldagi sonlar 1 dan 109 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — kamaymaydigan tartibda K-o'rinda turadigan og'irlikni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.