Birliklar soni
Masala #432 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Eski bosmaxonada ikkilik sanoq sistemasi bo'yicha ko'rgazmali qo'llanma tayyorlanmoqda: unda 1 dan N gacha bo'lgan barcha natural sonlarning ikkilik yozuvi ketma-ket bosiladi. Masalan, N = 5 bo'lsa, qo'llanmaga 1, 10, 11, 100, 101 yozuvlari tushadi.
Bosmaxonada 0 belgisi uchun qoliplar yetarli, 1 belgisi uchun qoliplarni esa buyurtma qilish kerak. Shuning uchun usta butun qo'llanmada 1 belgisi jami necha marta uchrashini bilmoqchi. Yuqoridagi misolda bu son 7 ga teng.
N soni berilgan. 1 dan N gacha bo'lgan barcha sonlarning ikkilik yozuvlarida jami nechta birlik borligini aniqlang.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son N.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 1015
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — birliklarning umumiy sonini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.