Karralilar yig'indisi
Masala #179 · murakkablik 13% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Maktab lotereyasida chiptalar 1 dan boshlab ketma-ket raqamlangan. Raqami 3 ga yoki 5 ga karrali bo'lgan har bir chipta yutuqli hisoblanadi va uning egasiga chipta raqamiga teng miqdorda ball beriladi. Raqami 3 ga ham, 5 ga ham bo'linadigan chipta faqat bir marta hisobga olinadi.
Tashkilotchilar raqami N dan kichik bo'lgan barcha chiptalar sotilganda jami qancha ball tarqatilishini bilmoqchi. Masalan, N = 10 bo'lsa, yutuqli chiptalar — 3, 5, 6 va 9; ularning yig'indisi 23.
N soni berilgan. N dan kichik, 3 ga yoki 5 ga karrali barcha natural sonlarning yig'indisini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son N.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 106
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — yig'indini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.