Suv idishi
Masala #242 · murakkablik 34% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Hovli devori bo'ylab N ta vertikal to'siq o'rnatilgan. To'siqlar bir-biridan bir xil — bir birlik — masofada turadi: i-to'siq i koordinatada joylashgan, uning balandligi ham ma'lum.
Usta ikkita to'siqni tanlab, ular orasini suv bilan to'ldirmoqchi; qolgan to'siqlar olib tashlanadi. Suv past to'siqning balandligidan oshib keta olmaydi, shuning uchun hosil bo'lgan hovuzning sig'imi tanlangan to'siqlar orasidagi masofaning ulardan pastrog'ining balandligiga ko'paytmasiga teng.
To'siqlarning balandliklari berilgan. Hovuzning eng katta mumkin bo'lgan sig'imini aniqlang.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — to'siqlar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — to'siqlarning balandliklari, chapdan o'ngga.
Chegaralar: 2 ≤ N ≤ 105; har bir balandlik 1 dan 109 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — eng katta sig'imni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.