Sana + N kun

Masala #177 · murakkablik 19% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kutubxona kitobni ma'lum muddatga beradi va qaytarish sanasini o'quvchining kartochkasiga yozib qo'yadi. Kutubxonachi bu sanani har safar taqvimga qarab qo'lda sanaydi va ba'zan adashadi.

Yanvar, mart, may, iyul, avgust, oktabr va dekabr 31 kundan; aprel, iyun, sentabr va noyabr 30 kundan iborat. Fevralda odatda 28 kun, kabisa yilida 29 kun bo'ladi.

Kabisa yili shunday aniqlanadi: yil raqami 4 ga bo'linsa, u kabisa yili; biroq 100 ga bo'linadigan yillar orasidan faqat 400 ga bo'linadiganlarigina kabisa hisoblanadi. Masalan, 2024 va 2000 — kabisa yillari, 1900 va 2023 esa yo'q.

Kitob berilgan sana va muddat — N kun — berilgan. Berilgan sanadan roppa-rosa N kun keyin qaysi sana bo'lishini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda uchta butun son D, M va Y — kun, oy va yil; bu sana taqvimda mavjud. Ikkinchi qatorda butun son N.

Chegaralar: 1 ≤ Y ≤ 3000; 0 ≤ N ≤ 106

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta son — hosil bo'lgan sananing kuni, oyi va yilini probel bilan ajratib chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.