Matritsa aylantirish

Masala #194 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Fotosuratchi rasmni teskari ushlab skanerdan o'tkazib yuboribdi: rasm 180° ga aylanib qolgan. Rasm piksellar jadvali ko'rinishida saqlangan.

Skanerlangan jadval berilgan. Uni 180° ga burib, to'g'ri holatiga keltiring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.

Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100

Chiquvchi ma'lumotlar

N ta qator chiqaring, har birida M ta son — burilgan jadval.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.