Konferentsiya zallari

Masala #323 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Konferentsiya markaziga N ta tadbir buyurtmasi kelgan; i-tadbir [Si, Ei] vaqt oralig'ida o'tkaziladi. Bir vaqtda bir nechta tadbir o'tishi mumkin, lekin har biriga alohida zal kerak.

Barcha tadbirlarni o'tkazish uchun zarur bo'lgan eng kam zal sonini toping.

Aniqlashtirish: tadbir E da tugasa, o'sha lahzada boshlanadigan tadbir uchun zal bo'shagan hisoblanadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N. Keyingi N qatorda Si Ei (0 ≤ S < E ≤ 109).

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — eng kam zal soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.