Yig'indisi S dan oshmaydigan eng uzun oyna
Masala #237 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Omborda N ta yashik bir qator bo'lib turibdi; har birining og'irligi ma'lum. Yuk mashinasi bitta qatnovda faqat yonma-yon turgan yashiklarni olib keta oladi, ularning umumiy og'irligi esa mashinaning yuk ko'tarish chegarasi S dan oshmasligi kerak.
Ombor mudiri bitta qatnovda iloji boricha ko'p yashik jo'natmoqchi.
Yashiklarning og'irliklari va S berilgan. Bitta qatnovda eng ko'pi bilan nechta yashik olib ketish mumkinligini aniqlang.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda ikkita butun son N va S. Ikkinchi qatorda N ta butun son — yashiklarning og'irliklari, qatordagi tartibda.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105; har bir og'irlik 1 dan 104 gacha; 0 ≤ S ≤ 109
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — yashiklarning eng katta sonini chiqaring. Birorta ham yashikni olib bo'lmasa, 0 chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.