Do'kon Chegirmasi

Masala #45 · murakkablik 5% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Elektronika do'koni qimmat xaridlarga chegirma beradi. Xarid summasi 100 dollardan katta bo'lsa, VIP karta egasi 20 foiz, oddiy xaridor esa 5 foiz chegirma oladi. Summasi 100 dollar yoki undan kam bo'lgan xaridga chegirma berilmaydi.

Chegirma miqdori butun dollarlarda hisoblanadi — sentlar tashlab yuboriladi. Masalan, 307 dollarlik xaridning 20 foizi 61.4 dollar, demak chegirma 61 dollarni tashkil etadi.

Xarid summasi va mijozning turi berilgan. Mijoz kassada qancha to'lashini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda butun son S — xarid summasi va belgi T — mijoz turi: V (VIP) yoki N (oddiy).

Chegaralar: 1 ≤ S ≤ 10 000

Chiquvchi ma'lumotlar

Mijoz to'laydigan summani chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.