Pochta Bo'limidagi Tartib

Masala #143 · murakkablik 5% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Pochta bo'limida jo'natmalar javonda bir qator bo'lib turibdi; har birida raqam yozilgan. Yangi xodim Abbos ularni raqamlar kamaymaydigan tartibga keltirishi kerak.

Abbos shunday ishlaydi: javonni chapdan o'ngga ko'rib chiqadi va yonma-yon turgan ikki jo'natmadan chapdagisining raqami o'ngdagisinikidan katta bo'lsa, ularning o'rnini almashtiradi. Javon oxiriga yetgach, yana boshidan boshlaydi. Birorta ham almashtirishsiz to'liq o'tib chiqqanda ish tugaydi. Raqamlari teng jo'natmalar almashtirilmaydi.

Jo'natmalarning dastlabki tartibi berilgan. Abbos jami nechta almashtirish bajarishini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N — jo'natmalar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — raqamlar, javondagi tartibda.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 1000; har bir raqam moduli 105 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — almashtirishlar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.