Raqamlar tahlili

Masala #167 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bank har bir hisob raqami uchun qisqa «pasport» tuzadi: unda raqamning o'zi emas, balki uning raqamlari haqidagi to'rtta ko'rsatkich saqlanadi. Bular — barcha raqamlarning yig'indisi, barcha raqamlarning ko'paytmasi, eng kichik raqam va eng katta raqam.

Masalan, 2024 soni uchun yig'indi 8 ga, ko'paytma 0 ga, eng kichik raqam 0 ga, eng katta raqam 4 ga teng.

N soni berilgan. Uning «pasporti»dagi to'rtta ko'rsatkichni aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 1018

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda to'rtta son — raqamlarning yig'indisi, ko'paytmasi, eng kichik raqam va eng katta raqamni probel bilan ajratib chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.