Harflar chastotasi
Masala #204 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bosmaxona matnni terishdan oldin har bir harfdan nechta qolip kerakligini hisoblaydi. Hisobot alifbo tartibida tuziladi va unga faqat matnda kamida bir marta uchragan harflar kiritiladi.
Matn berilgan. Hisobotni tuzing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda satr S — faqat kichik lotin harflaridan iborat.
Chegaralar: 1 ≤ |S| ≤ 105
Chiquvchi ma'lumotlar
Matnda uchragan har bir harf uchun alohida qatorda harfning o'zini va uning uchrashlar sonini probel bilan ajratib chiqaring. Qatorlar alifbo tartibida bo'lsin.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.