Rotatsiya tekshiruvi

Masala #211 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bilaguzukka harflar aylana bo'ylab o'yilgan. Uni istalgan joyidan boshlab soat mili yo'nalishida o'qish mumkin, shuning uchun bitta bilaguzukdan har xil so'z chiqadi: abcde yozilgan bilaguzukdan cdeab ham o'qiladi.

Ikkita so'z berilgan. Ular bitta bilaguzukdan o'qilgan bo'lishi mumkinligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda satr S1, ikkinchi qatorda satr S2 — ikkalasi ham kichik lotin harflaridan iborat.

Chegaralar: 1 ≤ |S1|, |S2| ≤ 5000

Chiquvchi ma'lumotlar

Mumkin bo'lsa Yes, aks holda No deb chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.